AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya har bir jurnalistdan 10 ming dollar talab qilmoqda

'Shimoliy Koreya har bir jurnalistdan 10 ming dollar talab qilmoqda'ning rasmi

Bu erda gap aynan Janubiy koreyalik jurnalistlar haqida ketmoqda. Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadigan har bir OAV vakili 10 ming dollarni viza to`lovi sifatida taqdim etishi lozim.

“Shimoliy Koreyaning Xitoydagi elchixonasi Koreya Respublikasiga tegishli har bir jurnalist uchun 10 ming dollardan viza to`lovi talab qilgan. Shu bois Janubiy Koreya o`z OAV vakillarini Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopishish marosimiga jo`natmasligi mumkin” degan TASSning ism-sharifi va lavozimi oshkor etilmagan suhbatdoshi.

Avvalroq, Pxenyan Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimiga taklif etilgan (ular safida Koreya Respublikasining 8 nafar jurnalisti ham bor) ning sarf-harajatlarni KXDR zimmasida ekanini ma`lum qilgan edi. Xususan, Janub va Shimol o`rtasida diplomatik munosabatlar yo`qligi uchun koreyalik OAV vakillarining viza va boshqa zarur hujjatlari KXDRning Xitoydagi elchixonasi orqali rasmiylashtirish rejalashtirilgan bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, 23-25 may oralig`ida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan Pxungeridagi yadro poligonining rasmiy yopilish marosimida Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya jurnalistlari ishtirok etishi kutilayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar