Braziliyaning “Flamengo” klubi muxlislari jamoaning navbatdagi mag`lubiyatidan so`ng futbolchi - Andre Santosni kaltaklashdi.
Voqea “Internasonal” klubi bilan kechgan uchrashuvdan so`ng sodir bo`ldi. O`yinda mehmonlar 0:4 hisobida g`alaba qozonishgan.
Mahalliy matbuot xabariga ko`ra, Santosni stadiondan chiqib ketayotgan paytda futbol muxlislari futbolchining yuziga bir necha zarba berishgan. 31 yoshli futbolchining jiddiy jarohat olgani to`g`risida xabar berilmagan.





