AsosiySport

Qosimov navbatdagi yig`iniga 26 nafar futbolchini jalb etdi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 20 iyul kuni Toshkentda o`zining navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini boshladi. Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig`inga jami 26 nafar futbolchini chaqirgan. Bu haqda O`FF rasmiy sayti xabar beradi.

Ta`kidlash joiz, Qosimov ushbu yig`inda 1991, 1992 va undan keyingi yillarda tug`ilgan futbolchilardan iborat tarkibni sinovdan o`tkazadi. Boisi, ushbu futbolchilar orasidan shu yilning avgust oyida Koreyaning Incheon shahrida start oladigan Osiyo O`yinlarining futbol musobaqasida ishtirok etadigan tarkib saralanadi. Eslatib o`tamiz, Osiyo O`yinlarida 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar ishtirok etishi belgilangan.

Mazkur yig`in davomida terma jamoa a`zolari to`rtta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan, 22 iyul kuni «Navbahor» klubiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvi bo`lib o`tsa, oradan ikki kun o`tib, 24 iyul kuni «Metallurg» klubiga qarshi uchrashuv o`tkaziladi. 26 iyul kuni rejaga ko`ra Toshkentning «Paxtakor» va 28 iyul kuni «Olmaliq» klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari o`tkaziladi.

Ma`lumot o`rnida, terma jamoa yig`iniga chaqirilgan «Paxtakor» himoyachisi Davron Hoshimov betobligi bois mazkur yig`inni o`tkazib yuboradigan bo`ldi. Uning o`rniga «Nasaf» himoyachisi Ulug`bek Dadaboev yig`inda ishtirok etadi.

20-28 iyul kunlari bo`lib o`tadigan milliy terma jamoa yig`iniga chaqirilgan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar:
Muhiddin Xudoyorov ( «Andijon» )
Abdukarim Muhammedov ( «Bunyodkor» )
Eldorbek Suyunov ( «Nasaf» ).

Himoyachilar:
Salim Mustafoev ( «Lokomotiv» )
Bobur Yo`ldoshev («Lokomotiv» )
Sardor Rahmonov («Lokomotiv» )
Sherzod Fayziev («Mash`al» )
Javlon Mirabdullaev («Andijon» )
Azamat Isroilov («Olmaliq» )
Egor Krimes («Paxtakor» ) 
Akbar Ismatullaev («Paxtakor» )
Ulug`bek Dadaboev («Nasaf» )
Vladimir Kozak («Paxtakor» )

Yarim himoyachilar:
Azim Ahmedov («Navbahor» )
Pavel Smolyachenko («Neftchi» )
Sardor Mirzaev («Lokomotiv» )
Diyor Turopov («Olmaliq» )
Jamshid Iskanderov («Paxtakor» )
Sardor Sobirxo`jaev («Bunyodkor» )
Sardor Rashidov («Bunyodkor» )
Alibobo Rahmatullaev («Bunyodkor» )
Dilshod Jo`raev («Bunyodkor» )
Farrux Sayfiev («Nasaf» )

Hujumchilar:
Navro`zbek Olimov («Qizilqum» )
Igor Sergeev («Paxtakor» )
Shahzod Nurmatov («Metallurg» ).

    Boshqa yangiliklar