Evropada tobora avj olayotgan muhojirlar muammosi Fransiyada ham kuzatilmoqda, deya xabar qildi Fishki.net nashri.
Ayni kunlarda Parij ko`chalarida ikki mingdan ortiq muhojirlar chodirlar o`rnatib, o`sha erlarda yashab kelishmoqda. Ularning 1600 nafari bezorilik va talonchiliklar sabab og`ir ahvolda qolmoqda.
Parij hukumati shaharda qochoqlar soni ortib borayotganidan tashvishda. Qochoqlarni himoya qilish tashkiloti esa hukumat muhojirlarga kerakli yordam ko`rsatmayotganidan, ularni zaruriy boshpana bilan ta`minlamayotganidan norozi.






