AsosiyDunyo

Nyu-Jersida maktab avtobusi va yuk mashinasi to`qnashib ketdi

'Nyu-Jersida maktab avtobusi va yuk mashinasi to`qnashib ketdi'ning rasmi

AQShning Nyu-Jersi shtatida maktab avtobusi va yuk mashinasi o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda Layf nashri.

Baxtsiz hodisa shtatning tog`li hududuida ro`y berdi. Voqea oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Ularning biri maktab o`quvchisi,ikkinchisi esa yuk mashinasi ichidagi odam bo`lgan. Bundan tashqari, 43 nafar inson turli darajada jarohat olgani xabar qilinmoqda. To`qnashuv sodir bo`lgan joyga etib kelgan favqulodda vaziyatlar xodimlari ag`darilib ketgan avtobus ichidan bolalarni olib chiqishga xarakat qilishgan.

Jef Pauling:

– Voqea joyiga etib borganimizda ayrimlar tashqarida yotar edi. Ammo ko`pchilik bolalar avtobusning pachoqlangani tufayli ichkarida siqilib qolishgan. Halokatlar – bu noxush holatdir. Bu bolalar ishtirokida bo`lsa, vaziyat yanada ayanchli bo`ladi.

Yaralanganlar zudlik bilan kasalxonaga joylashtirilgan bo`lib, shifoxona binosi ularning ota-onalari va yaqinlari bilan gavjum. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, bir-biriga qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan transport vositalari zarb bilan urilishi oqibatida avtobus yo`l chetiga chiqib ag`nagan. Yuk mashinasining orqa qismi esa joyidan uzilib ketgan. Halokat bo`yicha tafsilotlar o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar