2018 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari ko`rsatish markazlari tomonidan ko`rsatiladigan davlat xizmatlari turlari yana 31 taga ko`payadi.
Hozirgi kunda haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish yoki almashtirish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatish faqatgina Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari va Namangan shahar Davlat xizmatlari markazlarida joriy etilgan.
2018 yil 1 iyundan e`tiboran Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo`qon shaharlari, Do`stlik, Pastdarg`om, Sirdaryo, Chirchiq va Xonqa tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida ham ushbu turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatish joriy etilishi belgilangan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo`limi xabar qilmoqda.






