Payshanba kuni Ukrainaning Donesk viloyatida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti quladi.
Samolyot Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha parvoz qilgan. Layner bortida 298 kishi bo`lgan.
“RIA Novosti” agentligining xabariga ko`ra, omon qolganlar yo`q.
Agentlikning yozishicha, juma kuni Ukriana hududida qulagan samolyot qora qutisi topildi.
Qulagan samolyot bortida 9 mamlakat fuqarolari bo`lgan. “Umumiy hisobda bortda 298 kishi bo`lgan, 283 nafar yo`lovchi, shu qatorda turli millatga mansub 3 nafar bola va 15 nafar ekipaj a`zolari ”,-deyiladi Malayziya avikompaniyasining rasmiy saytida qoldirilgan xabarda.





