AsosiyShou-biznes

Sevara Nazarxon Dubayda konsert beradi

Sevara Nazarxon joriy yili Dubayda konsert dasturini taqdim etadi.

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon Dubaydagi “Jumeirah Beach” mehmonxonasida konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonanda feysbukdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Anonsga ko`ra, konsert 5-6 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.  

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 14 fevral kuni Toshkentdagi “O`zbekiston” mehmonxonasida Sevara Nazarxon Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531 yilligiga bag`ishlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi.

    Boshqa yangiliklar