AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Matiz va elektrovoz to`qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo`ldi

'Qashqadaryoda Matiz va elektrovoz to`qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Poezd yo`lidan o`tish qoidasining buzilishi haydovchining o`limiga sabab bo`ldi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida 16 may kuni Xalqobod qishlog`ida yashagan Sh.X. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini Batosh qishlog`idan o`tuvchi «G`uzor-Qamashi» temir yo`lining qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasidan o`tayotganida shu erda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada avtomashina haydovchisi Sh.X. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar