AsosiyJamiyat

Mamlakatimizda Chelyabinsk viloyati kunlari bo`lib o`tmoqda

'Mamlakatimizda Chelyabinsk viloyati kunlari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori B.Dubrovskiy boshchiligidagi delegasiya a`zolari 16 may kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo`jaev bilan uchrashdi.

Delegasiya a`zolari dastlab Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida bo`lib, nodir kitoblar va qo`lyozmalar bilan tanishdi. Mehmonlar kutubxonada yosh kitobxonlarga yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirar ekan, bu borada o`zaro hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Ma`rifat markazida Chelyabinsk viloyati gubernatori va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda Chelyabinsk va Toshkent o`rtasida do`stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar xususida so`z yuritildi.

Muzokarada ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. B.Dubrovskiy Toshkent shahri ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib borayotgani, o`zaro hamkorlikni qurilish materiallari etkazib berish va Toshkent – Chelyabinsk aviareysini tashkil qilish hisobiga kengaytirish ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini ta`kidladi.

t_file5467644829829693819.png

O`zbekiston bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasida imzolangan shartnomalarda ham bu borada kelishuvlar mavjud bo`lib, Toshkent shahridagi bir qator bunyodkorlik ishlarida bu qo`l kelayotgani qayd etildi.

O`zA xabariga ko`ra, Rossiya Federasiyasining Chelyabinsk viloyati delegasiyasi shu kuni mamlakatimizning qator kompaniyalarida ham muzokaralar o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar