AsosiyDunyo

Meksikalik magnat dunyoning eng badavlat kishisi bo`ldi

Meksikalik magnat Karlos Slim Forbes jurnali talqini bo`yicha dunyodagi eng badavlat kishilar ro`yxatida Bill Geytsni ortda qoldirdi.

Mart oyidagi reytningda Slim ikkinchi o`rinda edi, 15 iyulga kelib, u birinchi pog`onaga ko`tarilib oldi.

Jurnalning yozishicha, bunga Karlos Slimning America Movil telekommunikasion xoldinggi AQSh va Meksika bozoridagi aksiya narxining tezda ko`tarilishi sabab bo`ldi. Aksiyaning 1 foizga o`sishi kompaniya narxini 805,6 mln AQSh dollar, Slimning moliyaviy ahvolini esa 79,6 mlrd AQSh dollariga  teng qildi.

Karlos Slim ilk bor 2010 yili Bill Geytsni Forbes jurnali talqini bo`yicha eng badavlat kishilar ro`yxatining birinchi pog`onasidan chiqarib yuborgandi. U 2014 yil boshida  Bill Geyst yana birinchi pog`onada qayd etilishiga qadar birinchi o`rinni saqlab turdi.

    Boshqa yangiliklar