Bosniya-Gersegovinya hukumati mamlakatda muhojirlar soni ortib borayotganidan xavotirda ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bosniya-Gersegovinyaning bir qator shaharlarida va ayniqsa poytaxt Saraevoda qochoqlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.O`tgan yili muhojirlar soni 1500 kishini tashkil etgan bo`lsa, hozirga kelib, ularning soni 4000 nafardan oshib ketdi.Odamlar ko`chalardakun kechirishmoqda. Ayrimlar esabog`larga joylashib olishgan.
Bu esa mamlakat hukumatini tashvishga solmoqda. Ularning asosiy qismi Suriya, Iroq, Jazoir va Afg`oniston fuqarolaridir. Xozirda Xalqaro migrasiya tashkiloti odamlarni oziq-ovqat bilan ta`minlashva turar joy masalasini hal qilishga urinmoqda.
Agar yashash uchun joy masalasi hal etilsa, muhojirlar vizaolish imkoniyatiga ega bo`ladi. Biroq bu oson ish emas. Hukumat mamlakatga noqonuniy yo`llar bilan kirib kelayotgan muhojirlar mahalliy aholiga xavf tug`dirishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Bosniya-Gersegovinyada muhojirlar oqimining keskin ortishiga yana bir sabab, Germaniya, Fransiya, Xorvatiya chegaralaridano`tish qiyinlashib borayotganidir. Bosniya-Gersegovinya esa Evropaga olib boruvchi yangi yo`nalishga aylanib bormoqda.






