AsosiyJamiyat

Inovasion Rivojlanish vazirligida Turkiya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv o`tkazildi

'Inovasion Rivojlanish vazirligida Turkiya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Turkiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Axmet Bashar Shen bilan uchrashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Muzokaralar davomida, O`zbekiston Respublikasi innovasion va ilmiy-texnik rivojlanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ bo`lgan Vazirlikning faoliyati va asosiy vazifalari haqida ma`lumot berildi.

Qayd etilganidek, Innovasion rivojlanish vazirligi jahonning etakchi davlatlari, jumladan, Turkiya bilan hamkorlikni faollashtirish, innovasion rivojlanish yo`nalishdagi davlat dasturlarini amalga oshirishda turk tajribasini jalb qilishga ham alohida e`tibor qaratmoqda.

Muzokaralar davomida raqamli texnologiyalar, energetika, qishloq xo`jaligi va turizm sohalardagi innovasion loyihalarni ishlab chiqishda investisiyalarni jalb qilish, innovasion jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan qo`shma o`quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, birgalikda texnoparklar, jumladan, bolalar uchun texnoparklar yaratish imkoniyati ko`rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda etakchi turk ishlab chiqaruvchilarini jalb etgan holda innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni yaratish va tijoratlashtirish bilan shug`ullanadigan zamonaviy ilmiy-tadqiqot majmualari, biznes-inkubatorlar, startap-inkubatorlarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv yakuniga ko`ra, tomonlar o`zaro manfaatli bo`lgan sohalarda, jumladan, inovasion g`oyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish bo`yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo`yicha tizimli faoliyat olib borishga kelishib olishdi.

    Boshqa yangiliklar