Avvalroq, mamlakatimizda muqaddas Ramazon oyining joriy yil 17 maydan boshlanishi haqida ma`lum qilingan edi.
Kecha, 15 may kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi ulamolari oyning harakatini kuzatgan holda 1439 hijriy Sha`bon oyi 30 kun bo`lishini hamda Ramazon oyining dastlabki kuni 17 may sanasiga to`g`ri kelishini ma`lum qildilar, deb yozadi UMI matbuot xizmati.
Malayziya, Indoneziya, Singapur, Brunay, Avstraliya va Oman davlatlarida 17 may, payshanba kuni Ramazonning birinchi kuni deb e`lon qilindi.
Alloh taolo yurtimizga ushbu muborak oyni barakotli qilsin!






