Toshkent shahar hokimligida O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, ushbu yig`ilishda Aripov Qahramon Tursunovich Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bunga qadar Aripov Qahramon Tursunovich O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari lavozimida ishlagan.
Qahramon Aripov 1968 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1995 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.
2002-2005 yillarda Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig`i, 2005-2007 yillarda "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari, 2007-2016 yillarda "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017-2018 yillarda O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari lavozimida ishlagan.






