Kilauea vulqoni sabab Gavayida eng yuqori xavf ogohlantiruvi e`lon qilindi.
AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma`lumotlariga ko`ra, hozirda vulqon kullaridan iborat bulutlar 3,700 metr balandlikka ko`tarilgan. Kullarning chiqib ketayotgani sabab vulqondagi yoriqlar kattalashmoqda. Bu istalgan vaqtda vulqon yana portlashi mumkin, degani.
Avvalroq Hawaii News Now portali Kilauea vulqonining g`arbiy tarafidagi faollik kuchaygani, o`nlab yoriqlardan 70 metr balandlikka otilib chiqayotgan lava oqimi aholi manzilgohi – Leilan Esteytsgachaga etib kelgani haqida xabar bergandi. Ma`lum bo`lishicha o`nlab xonadonlar lava ostida qolgan. Hududda 10 ming aholi doimiy yashash joyidan ko`chirilgan.
Eslatib o`tamiz, o`tgan kunlarda Gavayi orollarida kuzatilgan seysmik faollik tufayli sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri – Kilauea uyg`ongan edi.






