AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati ishga tushiriladi

'Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati ishga tushiriladi'ning rasmi

Xalqaro oila kuni munosabati bilan vazirlik tomonidan “Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi o`tkazildi.

1993 yil BMT Bosh Assambeyasi 15 mayni Xalqaro OILALAR kuni (International Day of Families) deya e`lon qilgan bo`lib, bu kun butun dunyoda nishonlanadi.

Bu bilan tashkilot oilalarda mavjud muammolarga jamoatchilik e`tiborini qaratish, oila institutini rivojlantirish va qadriyatlarni asrab qolishni maqsad qilgan.

Yurtimizda yiliga o`rtacha 300 mingdan oshiq yangi oilalar paydo bo`ladi.

Masalan, o`tgan yili FHDYo organlari tomonidan 306 197ta nikoh qayd etilgan.

2018 yil I choragida Respublikamizda 52 026 ta yangi oilalar paydo bo`lgan bo`lib, mazkur ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan (3 513ta) 1,6 foizga ko`pdir. Eng ko`p nikoh Samarqand 5 998ta (11,5 foiz), Farg`ona 5 426 ta (10,4 foiz) viloyatlarida qayd qilingan.

Aksiya davomida oila masalasidagi qonunchilik bo`yicha vazirlik mutaxassislari va FHDYo organlari xodimlaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan internet foydalanuvchilardan kelib tushgan savollarga javob berishga harakat qilindi.

Aksiya davomida internet foydalanuvchilardan 418ta savol kelib tushdi.

Eng ko`p savollar ajrashish, aliment, arzon-uy joy olish, farzandlikka olish tartibi, kam ta`minlangan oilalarga ajratiladigan nafaqalarga taalluqlidir.

Soat 15:00 dan 15:33ga qadar Facebook tarmog`ida adliya vaziri o`rinbosari A. Tashkulov tomonidan o`tkazilgan onlayn muloqotda foydalanuvchilardan kelib tushgan 70 ga yaqin savolga javob berildi.

Ta`kidlab o`tish lozimki, bir qator savollar aksiya reglamentiga mos kelmaganligi tufayli ko`rib chiqilmagan.

Shu bilan birga, aksiya reglamentiga to`g`ri kelmagan ayrim savollarga tez orada vazirlikning telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalining “So`ragan edingiz” rukni orqali javob beriladi.

Mazkur aksiya huquqiy masalalarda bu kabi onlayn muloqotning juda zarur ekanligini ko`rsatdi. Shundan kelib chiqib, vazirlik veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmatini ishga tushirish belgilab olinib, zarur tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar