Rossiya FVV Moskva metrosidagi avariya oqibatida 22 kishi halok bo`lgani, shifoxonaga 129 kishi etkazilganligini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Moskva metropolitenida sodir bo`lgan halokat munosabati bilan chorshanba kuni Moskva shahrida motam kuni deya e`lon qilindi.

Shuningdek, halokat vaqtida poezd 70 km/s tezligida harakat qilgani xabar qilindi.
“ITAR-TASS” agentligining xabar qilishicha, halokatga yo`l ko`rsatkichidagi nosozlik sabab bo`lgan bo`lishi mumkin. Shuningdek, poezdni ikki nafar mashinist boshqargani ma`lum bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, 15 iyul kuni “Park pobed” va “Slavyanskiy bulvar” stansiyasilari orasida poezdning 3 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Halokat tufayli 1150 ga yaqin kishi evakuasiya qilingan, jarohatlanganlarning barchasi vertolyotda shifoxonaga olib ketildi. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.





