O`zbekiston delegasiyasiga ko`ra, mamlakatda bugun inson huquqlari bobida sezilarli ijobiy o`zgarishlar bor. Lekin tizimni va jamiyatni isloh qilish vaqt va mehnat talab qiladi.
Qiynoqlar, majburiy mehnat, yulg`ichlik va sistematik huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurash boshlangan va u to`xtamaydi. Prezident Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan Vashingtonda kechgan muhokamada «Human Rights Watch» tashkiloti vakili Stiv Sverdlov hukumatni repressiv o`tmishdan saboq olishga, uni tahlil qilib, adolatni ta`minlashga chaqirdi.






