AsosiyJamiyat

AQShning Tinchlik instituti bilan hamkorlik yo`lga qo`yiladi

'AQShning Tinchlik instituti bilan hamkorlik yo`lga qo`yiladi 'ning rasmi

Joriy yilning 14 may kuni Vashington shahri (AQSh)da O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning AQShning Tinchlik instituti vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

AQShning Tinchlik instituti nizolarni bartaraf qilish va hal qilish, tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshiruvchi mustaqil milliy tashkilotdir.

Institutning faoliyati o`tkir xalqaro nizolarni bartaraf etish va tartibga solish, nizodan keyingi vaziyatni barqarorlashtirish, mablag`larni ko`paytirish, shuningdek, butun dunyoda nizolarni bartaraf etishga qodir boshqaruv va intellektual solohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.

Uchrashuv chog`ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar bilan bir qatorda Adliya vazirligi faoliyati ham keng yoritildi.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ro`yxatdan o`tkazish, shuningdek vazirlikning fuqarolar huquq va erkinliklarini ta`minlashdagi roli, kutilayotgan hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bildirilgan fikr va takliflar asosida istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo`nalishlari belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar