AsosiyJamiyat

O`zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchlisi

O`zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalar ro`yxatida 48 o`rinni egalladi.

Bu haqda Business Insider jurnaliga asoslanib Anhor.uz sayti xabar bermoqda.

Reytingning birinchi pog`onasida AQSh, ikkinchi o`rinda Rossiya va uchinchi o`rinda Xitoy armiyasi qayd etildi. 

Tuzilgan reytingga ko`ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida  eng kuchli armiya O`zbekistonda ekanligi ma`lum bo`ldi.  

Xarbiy kuch ko`rsatkichlari xarbiy va iqtisodiy ekspertlar tomonidan tuzib chiqiladi. Ular 50 dan ortiq ko`rsatiklarni ko`rib chiqishadi.  Reyting tuzishda xarbiy texnikalar sonidan tashqari ular armiya kadrlar soni, xarbiy sohaga ajratilayotgan mablag`, mamlakatning transport infrastrukturasi, neft  qazib olish,  davlat qarzlari va boshqa ko`pgina omillar hisobga olingan.

    Boshqa yangiliklar