O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyatida o`tkazilayotgan "Kitobxonlik kunlari" doirasida Norin tumani 28-umumta`lim maktabida yoshlar o`rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ`ib qilishga bag`ishlangan bayram tadbirida Agentlik tomonidan maktab kutubxonasiga 200ga yaqin badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
Tadbirda iqtidorli o`quvchilar tomonidan Navoiy, Zulfiya, Muhammad Yusuf, Mashrab kabi ijodkorlar asarlaridan na`munalar aytib, minnatdorchiliklarini izhor etdi.
Kutubxona fondi har bir o`quvchiga 4ta badiiy kitob natijasiga erishdi. Maktabda tashkil etilgan «Yilning eng kitobxon o`quvchisi» nominasiyasi g`olibi 10-sinf o`quvchisi Muazzam Azimjonova, «Yilning eng yaxshi kutubxonasi» nominasiyasi g`olibi 9-sinf jamoasi va boshqa yo`nalishlar g`oliblariga kitoblar va faxriy yorliqlar topshirildi.
15.05.2018 11:26
Yana bir maktab kutubxonasiga 200ga yaqin kitob taqdim etildi






