AsosiyJamiyat

Pasport olish uchun elektron navbat tashkil etildi

'Pasport olish uchun elektron navbat tashkil etildi'ning rasmi

Davlat personallashtirish markazi saytining yangi versiyasi ishga tushirildi. Sayt orqali biometrik pasport va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin, deb yozadi Norma.

Servisdan foydalanish uchun saytning «Interaktiv xizmatlar» bo`limiga kirish kerak. Murojaatga bir ish kuni davomida ishlov beriladi va arizachiga SMS-xabar vositasida bron qilingan navbat sanasi va vaqti haqida axborot keladi.

Shu erning o`zida ariza-anketa blankasini to`ldirib, qog`ozga chiqarish yoki to`ldirilmagan blankani qog`ozga chiqarish mumkin.

Maxsus funksiya davlat bojini to`lash uchun kvitansiyani generasiyalash va uni ish kuni davomida qog`ozga chiqarish imkonini beradi.

Davlat bojini Click tizimi orqali to`lash mumkin.

Ilgari ushbu tartib-taomillardan o`tish uchun tuman ma`lumotlar yig`ish punktiga albatta borish kerak bo`lar edi.

    Boshqa yangiliklar