Tashkilotlar o`z xodimlarining yozma arizasiga asosan keyinchalik kommunal xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlarga o`tkazib berish uchun oylik ish haqidan ushlab qolishi mumkin.
Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o`z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko`rinishida qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom (1031-son) Adliya vazirligidan ro`yxatdan o`tkazilgan. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda.
Nizomga muvofiq, tashkilotlar o`z xodimlarining yozma arizasiga asosan keyinchalik kommunal xizmatlar ko`rsatuvchi tashkilotlarga o`tkazib berish uchun oylik ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Oylik ish haqidan ushlab qolish to`g`risidagi arizada xodim kommunal xizmat turi va narxi, shaxsiy hisob raqami, oylikdan ushlab qolish muddatini ko`rsatishi shart.






