Bugundan boshlab O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Mazkur qatnovlar 1992 yilda to`xtatilgan edi.
“Toshkent – Xo`jand - Toshkent” yo`nalishidagi ilk taqdimot reysi 15 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:30da “Toshkent” avtovokzalidan yo`lga chiqdi”, - deb yoziladi "Xalq so`zi" xabarida.
Mazkur yo`nalish masofasi 174 kilometrga teng.

Xabaringiz bor, yanvar oyida O`zbekiston va Qozog`iston, may oyidan O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi avtobus qatnovlari yangilangan edi.






