AsosiyDunyo

Yangi qo`ng`iz turi Gollivudning eng mashhur aktyori sharafiga nomlandi (Foto)

'Yangi qo`ng`iz turi Gollivudning eng mashhur aktyori sharafiga nomlandi (Foto)'ning rasmi

Tabiat himoyachisi, mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio endilikda o`zining ismi bilan yangi qo`ng`iz turi nomlanganligidan faxrlansa arziydi, deya xabar berdi Golos.ua nashri.

Ko`ngilli biologlar yangi qo`ng`iz turini GrouvellinusLeonardodicaprioi deb atashdi.

Shu tarzda tadqiqotchilar tabiatni asrashga ancha-muncha hissa qo`shgan mashhur aktyorga o`z minnatdorliklarini bildirishdi. Kim buni oddiygina mukofot deb bilishi mumkin-u, ammo aktyorning o`zi ushbu faktdan hayratga tushdi.

Di Kaprio atrof-olamni saqlash, yo`qolib borayotgan hayvonlar va o`simliklarni asrab qolish uchun har yili o`z gonorarlaridan millionlarni sarflaydi.

Boshqa yangiliklar