O`z rusumi ichida yagona hisoblangan, Vatikan bayrog`i rangida bo`yalgan, Rim papasiga tortiq etilgan Lamborghini Huracan Sotheby's kimoshdi savdo uyida 809 375 evroga sotildi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

Aslida ushbu mashina besh barobar qimmat narxga sotildi.
Superkardan tushadigan daromad xayriya jamg`armalariga yuboriladi.
Oq Lamborghini Huracan Rim papasining muntazam rezidensiyasi “Muqaddas Marta uyi”ga o`tgan yili oktyabr oyida olib kelingan edi. Fransisk avtomobilning yukxona qismiga o`z dastxatini qoldirgan.
Avtomobil 580 ot kuchiga ega, maksimal tezligi esa soatiga 320 kilometrgacha etadi.







