Rossiyada telegramm messenjerini bloklashga qarshi navbatdagi norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.
Poytaxt Moskvada yuzlab odamlar telegram messenjerini bloklash jarayonini to`xtatishni talab qilishmoqda. Odamlar ko`chalarda turli shiorlar yozilgan bannerlarni ko`tarib olishgan. Shuningdek, telegram ramzini ifodalaovchi qushlarni uchirishdi. Polisiya tomonidan 20 nafar namoyish ishtirokchilari qo`lga olingan. O`tgan oyda ham rossiyaliklar xuddi shu kabi namoyishlar o`tkazishgan edi.






