AsosiyDunyo

Afg`onistonda hukumat binosiga hujum uyushtirildi

'Afg`onistonda hukumat binosiga hujum uyushtirildi'ning rasmi

Afg`onistonda hukumat binosiga hujum uyushtirildi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

Voqea tufayli qurbonlar va jabrlanganlar bor.

Mamlakatning Jalolobod shaxridagi hukumat binosi oldida portlovchi modda o`rnatilgan avtomobil portlatib yuborilgan. Shundan so`ng bir necha qurollangan shaxslar binoga bostirib kirishdi. Voqea natijasida 9 kishi qurbon bo`lgan. Bundan tashqari, 12 nafar inson jabrlangan.

Hodisa tufayli ko`chadan o`tib ketayotgan yo`lovchilar xam yaralandi. Jinoyatchilar va xavfsizlik kuchlari o`rtasida to`qnashuvlar kelib chiqqan. Oqibatda esa barcha jangarilar yo`q qilindi. Hodisa yuz bergan hudud yaqinida boshqa binolar ham bo`lib, portlashlar atrofdagi maktabga xam ta`sir ko`rsatgan. Binodagi minglab o`quvchi qizlar esa ko`chaga qochib chiqishdi. Hujum uchun javobgarlikni hozircha xech kim o`z zimmasiga olgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar