Fransiyaning Parij shaxrida qurollangan shaxs ko`chadagi yo`lovchilarga pichoq bilan xujum qildi, deya xabar berdi Segodnya nashri.
Voqea natijasida bir kishi qurbon bo`ldi. Shuningdek, yana 4 kishi yaralanib, shifoxonaga olib ketildi. Ularning 2 nafarining axvoli og`ir.
Mazkur voqea polisiya tomonidan terroristik harakat deya baholanmoqda.
Jinoyatchi 1997 yilda tug`ilgan Xamzat Azimov isimli shaxs bo`lib, uning yonida hujjatlari bo`lmagan, ammo tergovchilar uning barmoq izlariga ko`ra xulosa berishdi. Xamzat Azimov 2010 yili Fransiya fuqaroligini olgan. Jinoyatchi yo`l chetidagi restoranlar va barlarga ham kirmoqchi bo`lgan, ammo ichkariga yashiringan odamlar uni kirgizishmagan. Voqea joyiga etib kelgan polisiya avvaliga uni elektroshoker yordamida qo`lga olmoqchi bo`lgan, ammo buning iloji bo`lmagach, jinoyatchi otib o`ldirildi. Shuningdek, polisiya tomonidan yana bir necha kishi qo`lga olingan bo`lib, ular Xamzat Azimovning sheriklari ekanlikda gumon qilinmoqda. Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olgan. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham ushbu hujumni terakt deb atagan. Hodisa Parij polisiyasining aksilterror bo`linmasi tomonidan tekshirilmoqda.






