AsosiyDunyo

Rus klassik adiblari qancha qalam haqi olishgan? (Foto)

'Rus klassik adiblari qancha qalam haqi olishgan? (Foto)'ning rasmi

Rus klassik adiblari misli ko`rilmagan darajada qalam haqi (o`sha paytda) olishgan, deya yozmoqda Rambler nashri.

Xo`sh, o`z davrida “Anna Karenina”, “Evgeniy Onegin” evaziga nimalarni sotib olish mumkin edi?

Mixail Lermontov


Lermontov o`zining o`sha mashhur “Zamonamiz qahramoni” asarining ikkinchi nashri uchun 1500 rubl qalam haqi olgan. Bu o`sha paytda dvoryanlar oilasidan bo`lgan yozuvchisining munosib hayot kechirishi uchun etarli bo`lgan.

Ivan Turgenev


G`arbda Turgenevni rus adabiyoti va dramaturgiyasining targ`ibotchisi sifatida qadrlashgan. Turgunevning oddiy qalam haqi 4000 rubl atrofida bo`lgan. “Otalar va bolalar” uchun Turgenev 4775 rubl qalam haqi olgan.

Aleksandr Pushkin


“Evgeniy Onegin”ning to`liq nashri uchun Leksandr Pushkin 12 000 rubl haq olgan. O`sha davrda nufuzli uylarni yiliga 2000 rubl hisobiga bir yilga ijaraga olsa bo`lardi.

Lev Tolstoy


“Anna Karenina” uchun Tolstoy 20 000 rubl to`lashgan. O`sha paytda Moskvada uylar 12 000 rubl turgan.

Fyodor Dostoevskiy


Zamondoshlari Dostoevskiyni o`z vaqtida qadriga etishmagan. Vafotidan so`nggina u dunyo ahamiyatidagi romannavis deb tan olingan, hayotligida esa uning oladigan qalam haqlarining cho`g`i past bo`lgan. Tolstoy va Pushkin bilan solishtirganda monumental “Telba” uchun bor-yo`g`i 7000 ming rubl to`langan.

    Boshqa yangiliklar