Balida ozib-to`zib ketgan, o`lim yoqasiga kelgan kuchukcha qutqarib qolinib, hozirda g`aroyib sodiq do`stga evrildi, deya yozmoqda Bigpicture.ru.



Mittigina xaski zotidagi kuchukcha qanday qilib ko`chada qolgani noma`lumku-ya, lekin 26 yoshli indoneziyalik Riko Soegiarto ko`chada kuchukchaga duch kelganda, boyaqish jonivor o`lar holatda edi.

Oriq, badaniga yara-chaqa toshgan, ko`ppaklik sumbatini ham yo`qotgan kuchukchaga duch kelgan sahiyqalb Riko shunchaki o`tib ketolmadi.

U jonivorga ikkinchi imkoniyat berishga ahd qildi va xaskini uyga olib kelib, davolab, parvarishlay boshladi.

Riko ko`ppakka Xoup (ing. – “umid”) deb nom berdi.

Riko Xoupni o`ziga keltirish uchun ancha-muncha ter to`kdi: yaxshilab cho`miltirdi, oziq-ovqatlar bilan siyladi, teri ostidagi kanalarni chiqarib tashladi.

Riko Xoupni ko`p martaba veterinarga olib bordi.

Vaqt esa o`tib boraverdi. Yaxshi ovqatlar, mehr-muhabbat va g`amxo`rlik o`z ishini ko`rsatdi.

Oradan 10 oy o`tib, Xoup Riko ajal yoqasida yotgan kuchukchani uchratgan kundan o`zgacha farq qila boshlagan xaskiga evrila boshladi.

Hozirda Xoupning junlari sog`lom-baquvvat, ko`zlari chaqnagan, xulqi esa juda ham muloyim, yoqimtoy.







