Kongo Demokratik Respublikasi qo`riqxonalaridan birida juma kuni garovga olingan ikki nafar britaniyalik va haydovchi ozod etilgan.
Ularni mamlakatning sharqida joylashgan Virunja milliy bog`ida garovga olishgan edi. Qurollangan shaxslardan ularni himoya qilmoqchi bo`lgan qo`riqxona xizmatchisi og`ir jarohat tufayli vafot etgan. Qidiruv ishlariga Kongo harbiylari va milliy bog` qo`riqchilari jalb etildi.
Bu milliy bog`da yo`qolib ketish arafasida turgan gorillalar yashaydi. Bu erda o`tgan olti xafta davomida bir necha marotaba odamlar o`g`irlandi. Garovdagilarni ozod etilishi qanday shartlar asosida amalga oshirilgani borasida qo`shimcha ma`lumotlar berilmagan.
Qurollangan guruhlarning ancha faollashgani tufayli Britaniya tashqi ishlar vazirligi o`z fuqarolarini Kongo Demokratik Respublikasidagi milliy bog` hududiga bormaslikka chaqirmoqda.
Eslatib o`tamiz, Kongoning sharqiy erlari ko`p yillardan beri zo`ravonlik va turli isyonchi guruh va jangarilarning o`zaro urushlari markazi bo`lib kelmoqda.
Isyonchi guruhlar va jangarilar xanuzgacha hududning katta qismini nazorat qiladi. Zo`ravonliklar boshlanganidan beri Virunja milliy bog`i qo`riqchilarining 175 nafari jangarilar tomonidan o`ldirilgan.






