AsosiyDunyo

O`zini va bolalarini himoya qilgan ayol jinoyatchini otib qo`ydi (Video)

'O`zini va bolalarini himoya qilgan ayol jinoyatchini otib qo`ydi (Video)'ning rasmi

Braziliyaning Kruzeyru-du-Sul shahrida ro`y bergan favqulodda hodisalardan biri ko`cha kuzatuv kamerasiga yozib olindi, deya xabar berdi 5-tv.ru nashri.

Kadrlarda bir yigit bolalar va ayollar yoniga kelib, qo`ynidan to`pponcha chiqarganini ko`rish mumkin. Vahimaga tushgan odamlar oyoqni qo`lga olishadi. Ammo ayollardan biri sumkasidan to`pponcha chiqarib, bosqinchiga o`t ochadi.

Ma`lum bo`lishicha, haloskor ayol polisiyada ishlar ekan, shu bois u o`zini yo`qotib qo`ymagan.

Bosqinchi yigit o`q jarohatidan vafot etgani ham ma`lum bo`ldi.


Boshqa yangiliklar