Moskva shahridagi Kunsevo tumanida fojia yuz berdi, deya xabar bermoqda Layf nashri.
Ikki o`smir – yigit va qiz ko`p qavatli uylarning 14-qavatidagi derazadan tushib ketishdi. Voyaga etmaganlarning ikkalasi ham voqea joyida halok bo`ldi.
Guvohlarning aytishicha, o`smirlar noodatiy kiyimda edilar.
Voqea joyida shahar FV xizmati xodimlari ish olib borishmoqda.






