Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan har payshanba kuni jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika kuni tadbirlari o`tkazib kelinmoqda. Asosiy e`tibor piyodalar, bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish, ularning serqatnov yo`llar, chorrahalardan o`tishda belgilangan joylardan yurishini nazorat qilishga qaratilgan.
Shu maqsadda viloyatda “Diqqat bolalar!” va “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbirlari o`tkazildi.
Transport vositasi serqatnov yo`llarga yaqin joylashgan ta`lim muassasalari qarshisida yo`l patrul xizmati inspektorlari piyodalar o`tish joylariga biriktirilib, harakat xafvsizligini ta`minlash bilan bir qatorda, o`quvchilarga yo`l harakati qoidalari to`g`risida tushunchalar berildi.
Tadbirlar davomida jami 135 dan ortiq suhbatlar o`tkazildi. Qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlandi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 138-moddasi talablarini buzgan 187 piyodaga nisbatan ma`muriy chora ko`rish belgilandi.
14.05.2018 08:07
YHXB inspektorlari piyodalarga ma`muriy chora ko`rishni boshladi






