AQSh elchixonasining rasmiy saytida Bobomurod Abdullaevning ozod qilinishiga oid bayonot e`lon qilindi.
Amerika Qo`shma Shtatlari etti oylik sud jarayonidan so`ng, 7 may kuni jurnalist Bobomurod Abdullaevni ozod etilganini olqishlaydi. Biz sud mulozimlarini ochiq va shaffof o`tkazilgan, O`zbekison sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz. Sud qarorida tergovchilar tomonidan "ko`plab prosessual qonunbuzarliklar" sodir etilgani ham qayd etilgan. Kelgusida bunday ishlar takrorlanmasligi uchun Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston hukumatini bu qonunbuzarliklarni ko`rib chiqib, tegishli choralar ko`rishga undaydi.
Shuningdek, barcha birga sudlanuvchilarning ham oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so`z erkinligi nechog`li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi, - deb ta`kidladi elchixona.






