AsosiyJamiyat

AQSh generali Samarqandni ziyorat qildi

'AQSh generali Samarqandni ziyorat qildi'ning rasmi

Amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni, general Jozef Votel 13 may kuni Samarqand shahrida bo`ldi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Mehmon Samarqand bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Bu erda Amir Temur va temuriylar davri tarixi, davlat boshqaruvi va madaniyati haqida batafsil ma`lumot berildi.

Shundan so`ng Registon majmuasi, Xo`ja Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi va “Afrosiyob” muzeyiga sayohat uyushtirildi.

- Samarqandning zamonaviylik bilan uyg`un tarixiy qiyofasini saqlab qolish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor, - dedi AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni, general Jozef Votel. - Samarqandning musaffo havosi, obod va ko`rkamligi har qanday kishini o`ziga rom etadi. Amir Temur va uning avlodlari mangu qo`nim topgan maskan menda katta taassurot qoldirdi. Shunday buyuk sulola tarixi haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lganimdan xursandman. Umuman, Samarqandga sayohatimdan bir olam taassurot oldim.

    Boshqa yangiliklar