2018 yil 14 may kunidan boshlab, haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining quyidagi manzillarida qo`shimcha test rejimida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.
- Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi – Yunusobod tumani, Osiy ko`chasi 4-“A” uyda joylashgan. Yunusobod va Mirzo Ulug`bek tumani aholisiga hizmat ko`rsatadi.
- Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi – Uchtepa tumani, Farhod ko`chasi, 21-uyda joylashgan. Uchtepa, Chilonzor hamda Sirg`ali tumani aholisiga xizmat ko`rsatadi.
- Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi – Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 31-uyda joylashgan. Mirobod, Bektemir, Yashnobod va Yakkasaroy tumani aholisiga xizmat ko`rsatadi.
Xizmat ko`rsatish vaqti – Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.






