Prezident Farmoniga muvofiq:
- advokatlarning o`zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuvi begona shaxslarning qatnashuvisiz o`z vaqtida va hech qanday to`siqlarsiz amalga oshirilishi ta`minlanadi;
- advokatlar moneliksiz sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega;
- advokatlarning so`rovlari ko`pi bilan o`n besh kun muddatda bajarilishi shartligi belgilandi;
- advokat so`rovini bajarilish tartibini buzgan mansabdor shaxslar advokatlarning sudlarga murojaatiga asosan javobgarlikka tortiladi;
- advokatlik byurolari turar-joylarda faoliyat yuritishlari mumkin.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.






