Italiya davlatining Pezaro shahrida bo`lib o`tgan “O`zbekiston Italiya do`stligi” va dunyo kompozitori J. Rossini vafot etganining 150 yilligiga bag`ishlangan ko`rgazma va xalqaro tanlovda Respublika ixtisoslashtirilgan san`at maktab-internatining iqtidorli o`quvchi yoshlari ham ishtirok etishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tanlovda o`nga yaqin davlatlardan kelgan 200 nafardan ortiq iqtidorli yosh ijodkorlar o`zaro bellashdilar.

O`quvchilarning texnik mahoratlari, rangtasvir, grafika, chizmatasvir va, ayniqsa, tanlangan mavzu asosida ishlangan kompazisiyalari echimini yoritib bera olganliklari bilan hay`at a`zolarini e`tiboriga sazovor bo`ldilar.
Tanlov hay`ati a`zolari o`zbekistonlik yosh rassomlar iqtidorini yuqori baholashdi.
Tanlov yakuni bo`yicha o`rta guruhda Olimova Shahnoza I-o`rin (rangtasvir), Muxamedjanova Jasmina II-o`rin (rangtasvir), Nasrullaev Bexruz II-o`rin (rangtasvir), tanlov g`oliblari bo`lib qaytishdi.








