Polsha va Germaniyadan bo`lgan velosayohatchilarni jasadi jarlikdan topilgan. Theguardian nashri xabariga qaraganda, tergovchilar ularni bosqinchilik qurboni bo`ldi, deb hisoblashmoqda.
Ikki velosipedchining yo`qolib qolgani to`g`risida yaqin qarindoshlari xabar berganlaridan so`ng qiriduv ishlari boshlandi. Keyinroq ular Meksikaning Chapas shtatidagi jarlikdan o`lik holda topilgan.
Dastlab tergovchilar ikki velosipedchi keskin burilishlarga ega tog`da nazoratni yo`qotganlari tufayli halok bo`lishganini aytishgan edi. Ammo yana bir velosipedchilar guruhi a`zolari ushbu ish yuzasidan so`roq qilinganida tergovchilarning dastlabki taxmini noto`g`ri bo`lib chiqdi. Yangi tayinlangan prokuror ham ikki velosipedchining o`ldirilganini tasdiqlagan.
Velosipedchilardan birining murdasi 26 aprelda va ikkinchisiniki esa 4 may kuni topilgandi.
Meksika hozirda eng ko`p jinoyatlar sodir etiladigan mamlakatlar sirasiga kiradi. O`tgan yili 25 ming kishi qotillik qurboni bo`lgan. Uyushgan jinoyatchilik va zo`ravonlik bilan keskin kurash olib borishga harakat qilinmoqda. Hukumat tomonidan 2006 yilda yirik narkokartellarga qarshi harbiy harakatlar boshlaganidan beri ham mamlakatda 200 mingdan ortiq qotillik qayd etildi.






