AsosiyDunyo

KXDR televideniesi mamlakat terma jamoasi JCh guruh bosqichidan chiqdi deya xabar berdi

KXDR  televideniesi Braziliyada bo`lib o`tayotgan Jahon chempionatida mamlakat terma jamoasi guruh bosqichida g`alaba qozondi, deya xabar berdi.

Youtube’ga joylangan xabarga ko`ra, KXDR terma jamoasi guruh bosqichida Xitoyni 2:0, Yaponiyani 7:0 va AQSh terma jamoasini 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan. Pley-offda esa ular Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Aslida esa KXDR terma jamoasi jahon chempionatiga chiqolmagan ham.  Ular saralash bahslarining  uchinchi bosqichida Yaponiya va O`zbekiston terma jamoalaridan mag`lubiyatga uchrab, JChdan mahrum bo`lishgan edi.

Shuningdek, bir qator g`arb OAVlari ushbu video sohta bo`lishi mumkinligini qayd etishdi. 

    Boshqa yangiliklar