AsosiyJamiyat

Toshkentda 11 yoshli bola baxtsiz hodisa qurboni bo`ldi

'Toshkentda 11 yoshli bola baxtsiz hodisa qurboni bo`ldi'ning rasmi

12 may kuni Toshkent shahrida noxush voqea ro`y berdi. «Xabar.uz» manbasining xabariga ko`ra, 11 yoshli bola bevaqt hayotdan ko`z yumgan.

Xabar berilishicha, soat 21:30 da Mirzo Ulug`bek tumanidagi maktab o`quvchisi S.M.N. (2007 yilda tug`ilgan) Zulfiyaxonim ko`chasi «Lokomotiv» bog`ida charxpalakda uchayotgan vaqtida hushidan ketgan.

Bolakay zudlik bilan 1-shahar klinik shifoxonasining qabul bo`limiga olib borilgan vaqtida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar