AsosiyDunyo

Qirol oilasiga 300 yil xizmat qilgan javohir kimoshdi savdosiga qo`yiladi (Video)

'Qirol oilasiga 300 yil xizmat qilgan javohir kimoshdi savdosiga qo`yiladi (Video)'ning rasmi

Farnese Blue deb nomlangan nafis ko`k brilliant Farnese Blue 300 davomida qirol oilasiga xizmat qilib kelgan. Endi esa ushbu javohir Jenevada kimoshdi savdosiga qo`yiladi, deya ma`lum qilmoqda News.day.az nashri.

Javohirot Hindistondagi Golkond olmos konidan topildi.

Brilliant olti karat deb o`lchanmoqda.

XVIII asr boshida brilliantni Ispaniya qiroli Filipp V ning turmush o`rtog`i Izabella Farnizaga hadya etishgandi. Shundan so`ng ushbu qimmatbaho ziynat buyumiga qirolichaning ko`plab avlodlari egalik qilgan.

15 may kuni Jenevada bo`lib o`tadigan Sotheby's kimoshdi savdosi xodimlari Farnese Blueni 5-6 million dollarga baholash ilinjida.


Boshqa yangiliklar