Internet foydalanuvchilar #IrmatovBest xeshtegini Jahon trendiga olib chiqishni uddalashdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da katta miqyosdagi internet aksiya o`tkazildi. Shu yo`l bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jahon chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Ravshan Ermatovni qo`llab-quvvatlashdi.
Uz24 nashrining yozishicha, 16:17 da #IrmatovBest xeshtegi Tvitterning jahon trendlari reytingining to`rtinchi pog`onasida paydo bo`lgan.

Ushbu aksiyaga Facebook, Instagram va Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmoqlarining o`n minglab foydalanuvchilari qatnashishdi.
Shuningdek, aksiyani mamlakatimizning bir qator elektron OAVlari, o`zbek shou-biznes vakillari hamda "Darakchi" va "Sug`diyona" gazetalari xodimlari ham qo`llab-quvvatlashdi.





