Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri etakchi badavlat kishilari yaqin kunlar ichida dunyodagi ilk gumbaz ostidagi shahar qurishlarini e`lon qilishdi.
Havo haroratini nazorat qilish imkoniyati bo`lgan shahar mavzusi so`nggi yuz yillikning ilmiy-fantastik mavzularidan biri edi. Endi ushbu loyihani havo anchagina issiq bo`lgan Birlashgan Arab Amirliklarida qurilishi kutilmoqda.
“Jahon sadvo markazi” (Mall of the World) deb nomlangan ushbu yuqori texnologik shahar savdo kompleksi bir necha shaffof gumbazlar bilan qoplanadi. Uning maydoni umumiy hisobda 4,46 kvadrat kilometrga teng.

Metropoliya maydoni haqiqiy shaharcha maydoniga teng bo`lib, uning 750 ming kvadrat metri savdo maydoni hamda dunyodagi eng katta usti yopiq park bo`ladi.
Shuningdek, shaharda yuzga yaqin mehmonxona, madaniyat markazlari va shifoxonalar barpo etiladi. Shaharning barcha tumanlari havo harorati nazoratiga ega bo`ladi.
Dubay hukumati “Mall of the World” kompleksiga yiliga 180 million sayohatchini jalb qilmoqchi.
“Loyiha ekologik toza Smart Dubai modeli asosida amalga oshiriladi”,-dedi Dubai Holding bosh direktori Axmad Bin Biat.
Qurilish ishlarining boshlanish sanasi va loyihaning umumiy bahosi hozircha noma`lum.





