Twitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari Ravshan Ermatov nomini trendga (ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p muhokama qilinayotgan mavzular qatori) olib chiqmoqchi.
Foydalanuvchilar “#irmatovbest” xeshtegini orqali JCh final uchrashuvini boshqarishga asosiy da`vogar bo`lib turgan hamyurtimizni qo`llab-quvvatlashmoqda.
Ushbu aksiyada shou-biznes vakillari ham ishtirok etmoqda. Hozirda ijtimoiy tarmoqda Lola, Tohir Sodiqov, Rayhon, Sardor Rahimxon, Alisher Fayz va boshqa estrada vakillarining “irmatovbest” yozuvini ushlab turgan suratlari paydo bo`ldi.





