JCh-2014 finali oldidan turli nashrlar uni qaysi hakam boshqarishi borasida o`z fikrlarini bildirishmoqda.
Ispaniyaning mashhur AS nashri talqiniga ko`ra Germaniya va Argentina o`rtasidagi hal qiluvchi o`yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda Championat.asia xabar beradi.
Xabarda yozilishicha Kosta-Rika va Gollandiya o`rtasidagi o`yinni boshqarib jahon chempionatlarida rekord qayd etgan Ermatov finalda ishlashga bosh da`vogar ekan.
Ispaniyalik Velasko Karbalo esa finalda zaxira hakami bo`lishi mumkin deb taxmin qilishmoqda sayt vakillari.





