AsosiyJamiyat

Bosqinchi «gazchilarga» nisbatan sud hukmi chiqarildi

Joriy yilning 27 iyun kuni J.Qosimov va N.Urazovalarga nisbatan sud hukmi chiqarildi.

Avval xabar berilganidek, o`zlarini kommunal, tibbiyot yoxud ijtimoiy ta`minot xizmatlari xodimlari sifatida tanishtirib, keksa yoshdagi fuqarolarning ishonuvchanligidan foydalanib, xonadonlariga to`siqsiz kirib, ularga nisbatan qotillik, bosqinchilik va boshqa og`ir turdagi jinoyatlarni qasddan sodir etgan uyushgan jinoiy guruh a`zolari J.Qosimov va N.Urazovaga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan edi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining 2014 yil 27 iyundagi hukmiga ko`ra, J.Qosimov va N.Urazova JKning tegishli moddalari bilan aybdor deb topildilar. J.Qosimovga umrbod ozodlikdan mahrum qilish, N.Urazovaga esa 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, sud hukmiga ko`ra, Bosh prokuraturaning J.Qosimov va N.Urazovadan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy va ma`naviy zararlarni undirish haqidagi da`vo arizasi qanoatlantirildi.

    Boshqa yangiliklar